Bolalarni davlat MTTga navbatga qo‘yish tartibi qanday?

Bolalarni davlat MTTga navbatga qo‘yish tartibi qanday?

Bolalarni davlat MTTga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi.

 

1-qadam. Ariza topshirish

 

Ota-ona yoki qonuniy vakil murojaat qiladi:

 

-Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn;

 

– shuningdek, bola tug‘ilganda FHDYo orqali tug‘ilganlik guvohnomasi olinayotganda bir vaqtning o‘zida navbatga qo‘yish ham mumkin.

 

2-qadam. Bog‘chalarni tanlash

 

Navbatga qo‘yishda bir vaqtning o‘zida 3 tagacha MTT tanlash mumkin.

 

Bu sizga joy chiqish ehtimolini oshiradi.

 

3-qadam. Navbat turi belgilanadi

 

Bola navbatga ikki xil tartibda qo‘yiladi:

 

– oddiy navbat;

 

-imtiyozli navbat (agar hujjatlar asosida imtiyoz bo‘lsa).

 

Imtiyozli toifa avtomatik tarzda tizimda aks ettiriladi.

 

4-qadam. Navbatni onlayn kuzatish

 

Navbat holatini https://navbat.uzedu.uz sayti orqali doimiy tekshirib borish mumkin.

 

Bu yerda:

 

– navbat raqami;

 

– qaysi bog‘chada navbatda turgani;

 

– harakatlar holati ko‘rinadi.

 

5-qadam. Bo‘sh joy bo‘lsa — yo‘llanma beriladi

 

MTTlarda bo‘sh joylar elektron tarzda hisobga olinadi.

 

Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (MTBAT) orqali avtomatik shakllantiriladi.

 

Shu jumladan:

 

– davlat MTTlar;

 

– DXSh asosidagi nodavlat MTTlar;

 

– ijtimoiy kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalar hammasi elektron tarzda amalga oshiriladi.

 

Bu tizim nima uchun kerak?

 

– tizim inson omilini kamaytirish;

 

– navbatda adolatni ta’minlash;

 

– ota-onalar uchun jarayonni ochiq qilishga xizmat qiladi.