Joriy yilda o‘qishga topshirayotganda kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?

Joriy yilda o‘qishga topshirayotganda kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?

27-iyuldan boshlab imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni tanlov bosqichi boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Abituriyentlar 15 kun davomida imtihon topshirgan fan majmuasidan kelib chiqib, yo‘nalish hamda OTMlarni tanlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Abituriyentlar istalgan 5 ta OTM hamda 5 ta yo‘nalish tanlash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shuningdek, bitta OTMda 5 xil yo‘nalish tanlasa ham bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bunda 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta asosiy fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tanlovda ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Chunki ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarning har biriga alohida alohida iqtidor talab etilganligi uchun, turli yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlar bitta yo’nalish doirasida 5 tagacha oliygohni tanlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠