2026-yilgi bahorgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 5 kun qoldi

2026-yilgi bahorgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 5 kun qoldi

Tez kunlarda 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

 

Yanvar oyida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin bo‘ladi.

 

Murojaatlarni:

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz  (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

 

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;

 

– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi.

 

Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.

 

Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

 

Avvalroq, bahorgi pedagoglar attestatsiyasi sinovlari spetsifikatsiyasi hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish