AQSH elchixonasida talabalar uchun 6 oylik amaliyot dasturi — Foreign National Student Internship Program

AQSH elchixonasida talabalar uchun 6 oylik amaliyot dasturi — Foreign National Student Internship Program

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Boshqaruv bo’limining Inson resurslari boshqarmasi (HRO) boʻlimida (Human Resources Office (HRO) of the Management Section)  6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Amaliyot dasturi yarim kunlik boʻlib, haftasiga 20 soatni (dushanbadan jumagacha) tashkil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturdan asosiy maqsad qobiliyatli yoshlarni jalb qilish va dasturga qiziqqanlarga xalqaro tashkilotda ishlash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etishdan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastur davomida amaliyotchilar oʻzlaridagi mavjud bilimlarni yanada oshirishadi hamda yuqori darajada malakali insonlardan iborat jamoada ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu amaliyot dasturining maqbullik shartlari qanday?⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– AQSh fuqarosi boʻlmagan va hozirda Oʻzbekistonda qonuniy istiqomat qiluvchi bakalavriat bosqichining 1-3-kurs talabalari qatnashishi mumkin;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– ishtirokchilar 18 yosh yoki undan yuqori boʻlishi shart;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– nomzod oʻrta maktab yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlagan va joriy taʼlim muassasasida yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan boʻlishi lozim;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  ingliz tilini bilish qatʼiy talab, oʻzbek va/yoki rus tillaridan birini yaxshi bilish kerak;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Nomzod kompyuter/internet va mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini yaxshi egallagan boʻlishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Amaliyotchining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • HR ma’lumotlarini qayta ishlashda va ofisga xos elektron jadvallarga kiritishda yordam berish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Xodimlar yozuvlarini tuzish, yuritish va yangilash;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Samarali hujjatlashtirish va arxivlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Pochta va hisobotlarni saralash va tarqatish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • HR ofis tadbirlarini tashkil etishda yordam berish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • HR intervyulari, taqdimotlari va tadbirlar uchun uchrashuvlar va konferensiya xonalarini rejalashtirish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • VARlarni tayyorlash va zarur hollarda intervyu/tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni kuzatib borish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Har doim maxfiylik va yuqori darajadagi halollikni saqlash;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Bo’lim tomonidan tayinlangan boshqa vazifalarni bajarish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu amaliyotdan talabalar qanday foyda olishlari mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Dasturda bepul qatnashish mumkin;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  amaliyоt yakunida sertifikat beriladi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– xalqaro tashkilotda noyob ish tajribasiga ega boʻlish imkoniyati;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali ingliz tili koʻnikmasini oshirish va tadbirlarni rejalashtirish/dasturlarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujjat topshirish

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturda qatnashishni istaganlar quyidagi talab qilingan hujjatlarni TashkentRecruitment@state.gov elektron manziliga yuborishlari kerak:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  Ariza shakli;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  passport nusxasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotganini tasdiqlovchi hujjat;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  hozirgi oʻqish joyidan akademik transkriptlar;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy).⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhim: Emailning sarlavha qatoriga FNSIP 2025/04 – “HR Internship Program” deb yozish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠