Gretsiyada o‘rta maktab o‘qituvchilari AI bo‘yicha o‘qitilmoqda — The Guardian

Gretsiyada o‘rta maktab o‘qituvchilari AI bo‘yicha o‘qitilmoqda — The Guardian

Gretsiya hukumati ta’lim tizimiga sun’iy intellektni keng joriy etish maqsadida o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun maxsus AI treninglarini boshladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ OpenAI bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, 20 ta maktab o‘qituvchilari ChatGPT’ning ta’limga moslashtirilgan versiyasidan foydalanishni o‘rganmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda ‘‘The Guardian’’ nashri maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Rasmiylarning aytishicha, loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, u yanvar oyidan boshlab butun mamlakat bo‘yicha kengaytiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’lim vaziri Sofiya Zacharaki, “Sun’iy intellekt allaqachon hayotimizda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biz bundan chetda tura olmaymiz”, deya ta’kidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Biroq loyiha Gretsiyada turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ba’zi o‘qituvchilar va o‘quvchilar AI’ning o‘quv jarayoniga ta’siri borasida xavotir bildirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularning fikricha, sun’iy intellekt o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodkorligini cheklashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

17 yoshli o‘quvchi Aristidis Tolos bu jarayondan qo‘rqayotganini aytib, “AI — bu mashina, u ruhsiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Undan qo‘rqaman”, degan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI vakillari esa Gretsiya bilan hamkorlikni “yangi ta’lim bosqichi” deb atab, maktablarda AI’dan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar joriy etilishini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ayrim pedagoglar loyiha o‘qituvchilarni almashtirib yuborish yoki bolalarda ekranlarga bog‘liqlanib qolishidan xavotirda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Gretsiyada yaqin orada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash ham rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hozirgacha sun’iy intellekt asosan xususiy maktablarda qo‘llanilgan bo‘lsa, endi mamlakat butun ta’lim tizimi bo‘ylab ChatGPTni tatbiq etishni ko‘zlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Hindistonda boshlang’ich maktabdan boshlab robototexnika va sun’iy intellekt darslari kiritilganligi sababli, o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv-metodik materiallar tayyorlanib, treninglar o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠