Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Fan olimpiadalari markazi tomonidan ‘‘Tahliliy darslar’’ loyihasi davom etmoqda.
Loyiha doirasida bugun, 20-noyabr kuni biologiya va informatika fanlaridan onlayn tarzda navbatdagi tahliliy darslar tashkil etiladi.
Tahlillar 2024-yilgi asosiy olimpiadaning hududiy bosqich topshiriqlari asosida 1-guruh fanlari bo‘yicha sinflar kesimida olib boriladi.
Avvalroq, Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga tayyorgarlik uchun maxsus jonli tahliliy darslar o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Ularni:
– Fan olimpiadalari markazining Fan kengashi a’zolari;
– o‘z yo‘nalishining yetuk malakali ekspertlari jonli tarzda taqdim etadi.
Vaqti:
– biologiya fani – 17:00;
– informatika fani – 18:30
Loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.
