Dunyodagi eng yirik ilmiy-tadqiqot markazlarining yarmidan ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda — statistika

Dunyodagi eng yirik ilmiy-tadqiqot markazlarining yarmidan ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda — statistika

Joriy yilda Xitoy shaharlari birinchi marta dunyoning eng yirik ilmiy-tadqiqot markazlari o‘ntaligidagi o‘rinlarning yarmidan ko‘pini egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Nature Index (dunyoga mashhur Springer-Nature Publishing Group sho‘basi) xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Pekin 2016-yildan buyon ushbu reytingda yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinni esa Shanxay egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Pekinning ilmiy tadqiqotlar hajmi asosiy ko‘rsatkichi — “hissa ulushi” 2023-yildan 2024-yilgacha 9 foizdan ko‘proqqa, Shanxayniki deyarli 20 foizga oshdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xuddi shu davrda AQShdagi barcha shaharlarning dunyoning birinchi o‘ntaligidagi ulushi kamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Beshta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha alohida tahlil ko‘rsatishicha, Xitoy shaharlari kimyo, fizika, Yer va atrof-muhit fanlari bo‘yicha yetakchilikni saqlab turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kimyo bo‘yicha ular birinchi marta o‘nta yuqori o‘rinni egalladi, qolgan ikkita sohada esa oltita o‘rin Xitoy shaharlariga tegishli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Pekin har uch yo‘nalishda dunyoda birinchi o‘rinda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Amerika va Yevropa shaharlari biologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida yetakchilikni (TOP-10) saqlab turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠