Bugun ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan pedagoglar uchun test sinovlari soat 14:00 da o‘tkaziladi

Bugun ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan pedagoglar uchun test sinovlari soat 14:00 da o‘tkaziladi

Joriy yilning 21-oktyabr kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

 

Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari 2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkaziladi.

 

Ayni paytda, toifa sinovilarda umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

 

 Ma’lumot uchun, sinovlarda ishtirok etuvchi pedagoglar:

–  o‘zlariga biriktirilgan yordamchisi (biriktirilganligi to’g’risidagi buyruq hamda mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat bilan);

–  shuningdek, tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.