Oʻquvchining maktabi o‘zgarsa emaktab.uz tizimidagi loginini qanday koʻchiriladi?

Oʻquvchining maktabi o‘zgarsa emaktab.uz tizimidagi loginini qanday koʻchiriladi?

Savol: Yashash joyimiz oʻzgarayotganligi tufayli oʻgʻlimni boshqa maktabga oʻtkazgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bolaning maktabi emaktab.uz platformasida qanday oʻzgartiriladi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Javob: Oʻquvchini eski maktabidagi akkauntini yangi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun ota-ona yangi maktabga hujjatlarni topshirish vaqtida bolaning emaktab.uz tizimidagi logini maʼlumotlarini yangi maktab administratoriga taqdim etishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻquvchi xodimlar tomonidan yangi taʼlim tashkilotiga logini boʻyicha qabul qilingandan soʻng, profilida yangi tashkilotga kirish taklifi keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyin esa “Xavfsizlik” yorligʻidagi shaxsiy profil sozlamalarida ushbu taklifni qabul qilish kerak boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan soʻng bolaning emaktab.uz platformasidagi profili yangi maktabga koʻchiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠