Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

Xabaringiz bor, Hukumatning 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda oʻtkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami?” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi izoh berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qoʻshiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik ma’lumotiga ko’ra, test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda sinov natijalarining “Yil oʻqituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida maʼlumot berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan soʻng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi boʻyicha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ “Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha natijalar — toʻgʻri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball koʻrinishida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami?” maʼnosidagi xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Quyida ushbu holat boʻyicha batafsil tushuntirish berib oʻtamiz’’.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan pedagogning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifasidan olingan rasmda quyidagilarni koʻrishimiz mumkin:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha test natijalari hisoblanishiga doir izoh

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Attestatsiya va “Yil oʻqituvchisi” tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlarining dastlabki natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test topshiriqlarining birinchi bloki 40 ta savoldan iborat boʻlib, shundan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 35 tasi mutaxassislik (asosiy) faniga,

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 5 tasi kasbiy standartga oid savollardir.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu savollar test variantlari avtomatik generatsiya qilinish jarayonida aralashtirilgan holda joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Natijalarni hisoblashda 1–35-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar 3.1 ballga, 36–40-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar esa 1.1 ballga koʻpaytirilishi kerak edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ammo variantlarda 1–40 raqamlar oraligʻida mutaxassislik va kasbiy standartga oid savollar aralashib tushgani kuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada baʼzi hollarda kasbiy standart savollari uchun 3.1 ball, mutaxassislik fanlari uchun esa 1.1 ball bilan hisoblangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyingi bosqichda tizimda ushbu texnik xatolik bartaraf etilgan pedagogning natijalariga bloklar kesimida (mutaxassislik va kasbiy standart alohida) qayta aniqlik kiritildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijalar standart koeffitsiyentlar asosida qayta joylashtirilib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, bu tuzatishlar attestatsiya natijalariga va toʻgʻri javoblar soniga taʼsir koʻrsatmaganligini alohida taʼkidlaymiz’’, — deb qo‘shimcha qiladi vazirlik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, 2-bosqich Pedagogik mahorat boʻyicha (10 ta test topshirigʻi) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Pedagogik mahoratdan tushgan 10 ta savolda barcha ballar toʻgʻri joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, pedagoglarga tushgan savollar soni — mutaxassislik fanidan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta — hech qanday oʻzgarishga uchramagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠