Ohangaronda bo‘lgan holat natijasida bog‘cha direktori ishdan olindi

Ohangaronda bo‘lgan holat natijasida bog‘cha direktori ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli DMTT direktori o‘rtasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat aks etgan video tarqaldi.

 

 

Avvalroq, ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, qonunda belgilangan tartibda ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilingandi.

 

 

Birozdan so’ng, vaziyat bo‘yicha Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati qo‘shimcha munosabat bildirdi.

 

‘‘Mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, qonunda belgilangan tartibda ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, holat, ya’ni bo‘lim boshlig‘i S.M. hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X.A. o‘rtasidagi janjalli vaziyat, joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, X.A. ish faoliyati davomida turli qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan. Bo‘lim boshlig‘i S.A. tomonidan ogohlantirishlar berilganida kamchiliklarni tan olmay, janjalli vaziyatni keltirib chiqargan.

 

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan atroficha o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi.

Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi direktori X.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi’’, deyiladi xabarda.