Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli DMTT direktori o‘rtasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat aks etgan video tarqaldi.
Unda mudira ayol jahl bilan Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ini urayotgani tasvirlangan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
‘‘Mazkur holat ayni paytda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, qonunda belgilangan tartibda ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. Ko‘rilgan qonuniy choralar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi’’, deyiladi munosabatda.
