“Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

“Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

“Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilindi.

 

 

Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda 656 171 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirgan.

 

Maktab, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

 

Bunda:

 

– 10-noyabr — Namangan viloyati, Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida;

– 11-noyabr — Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida;

– 12-noyabr — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida;

– 13-noyabr —Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 71-umumta’lim maktabida;

– 14-noyabr — Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida;

– 17-noyabr — Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabida;

– 18-noyabr — Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabi hamda Xorazm viloyati Urganch shahridagi 22-umumta’lim maktabida;

– 19-noyabr — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 52-umumta’lim maktabida;

– 20-noyabr — Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida;

– 21-noyabr — Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 30-umumta’lim maktabida;

– 22-noyabr — Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-umumta’lim maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

 

 

 Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.