Bugungi malaka sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar e’lon qilindi

Bugungi malaka sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar e’lon qilindi

Bugun, 1-noyabr kuni attestatsiya sinovlarida umumtaʼlim maktablarining tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun), chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

 

Bugungi attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi:

 

— Namangan viloyati, Uchqo‘rg’on tumanidagi 10-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Gulshanoy Mamadaliyeva 96 ball;

 

— Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 9-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Muhammad Ahmadjonov 94 ball;

 

— Namangan viloyati, To‘raqo‘rg’on tumanidagi 4-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Rasmiyaxon Karimova 92 ball;

 

— Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 7-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Nozima Abdullayeva – 96 ball;

 

— Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Jahongir Mirzayqulov 90 ball;

 

— Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 7-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Rizvan Tillaev – 92 ball;

 

— Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani 16-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Mayramhon Yusupova 90 ballni qo‘lga kiritdi.