Ota-onalar farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashmoqda? So‘rovnoma

Ota-onalar farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashmoqda? So‘rovnoma

Ota-onalarning farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotgani va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rovda o‘rtacha yoshi 43 ga teng bo’lgan 3602 nafar ota-ona ishtirok etgan bo‘lib, ularning 75 foizini ayollar, 25 foizini erkaklar tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rov natijasiga ko‘ra ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida o‘zaro suhbatlashib turishi, 13,9 foizining fikrlari bir xil emasligi ma’lum bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek ularning asosiy qismi farzandining bo‘lajak kasbi va qiziqishlari haqida suhbatlashib turishini aytgan bo‘lsa, ayrim ota-onalar (2,2 foizi) esa farzandlari bilan bu haqida umuman gaplashmasligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot o‘rnida, so‘rovda qatnashganlarning 40 foizi oliy, 37 foizi o‘rta maxsus va 23 foizi o‘rta ma’lumotga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, 26 foizini uy  bekasi, ishsiz, nogiron va nafaqadagi kishilar tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Respondentlarning 66,7 foizi qiz farzandning, 33,3 foizi esa o‘g‘il farzandning ota onasi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qizlar, asosan, shifokor (24,3 foiz), o‘qituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) bo‘lishni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘g‘il bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) bo‘lish istagini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rov natijalariga ko‘ra, ota-onalarning bor-yo‘g‘i 56,0 foizi farzandining ta’lim olishdagi yutuqlarini to‘liq qoniqarli, 12,6 foizi esa qoniqarli emas, deb baholaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tadqiqot davomida o’quvchilarning 75 foizi qo‘shimcha darslarga borishi aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ota-onalar farzandi kelajagiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashmoqda? So‘rovnoma⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠