Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi (mi?)

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi (mi?)

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qaroriga ko’ra, akademik taʼtil talabaga oʻquv yilining har qanday qismida, ma’lum muddatga beriladi.

 

 

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:

 

– harbiy xizmatni oʻtash uchun;

– salomatligini tiklash uchun;

– homiladorlik va tugʻish uchun;

– bolalarni parvarish qilish uchun;

– oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.

 

 

Akademik taʼtil berish talabani oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish hisoblanmaydi. Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

 

 

Talabaning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi hamda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Talabgorning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek, talaba akademik taʼtildan belgilangan muddat tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.