Kontraktning 50%i kimlarga qoplab beriladi?

Kontraktning 50%i kimlarga qoplab beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muayyan toifadagi talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha (lekin eng ko‘pi bilan BHMning 50 baravarigacha) miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

 

Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi? 

 

 

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

 

 

Bu yordam quyidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi:

 

 

Davlat oliy ta’lim muassasalari;

Xususiy oliy ta’lim muassasalari;

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari;

 

 

Moliyaviy chegara qancha?

 

 

2025-yil 1-avgustdan boshlab, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yordam miqdorining yuqori chegarasi 50 × 412 000 = 20 600 000 so‘m 

 

 

Ya’ni, talaba kontrakti bundan kam bo‘lsa, 50%gacha to‘lanadi. Agar kontrakt miqdori yuqori bo‘lsa ham, maksimal 20,6 million so‘migacha yordam ko‘rsatiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish