Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorga koʻra, oliy ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda shu tizmda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati yangilandi.
| T/r | Sertifikat nomi | Muvofiqlik darajalari | ||
| Common European Framework of Reference
(CEFR) shkalasi boʻyicha |
||||
| B2* | C1 | C2 | ||
| INGLIZ TILI | ||||
| 1. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 2. | Test of English as a Foreign Language — TOEFL iBT | 72 — 94 | 95 — 113 | 114 — 120 |
| 3. | Cambridge English Qualifications
|
B2
First (160-179)
|
C1
Advanced (180-199)
|
C2
Proficiency (200-230)
|
| 4. | International English Language Testing System — IELTS (Academic) | 5.5-6.5 | 7.0-8.0 | 8.5-9.0 |
| 5. | International Test of English
Proficiency iTEP Academic — Plus
|
B2
|
C1 | C2 |
| 6. | Aptis ESOL for Teachers
|
B2
|
C1
|
|
| 7. | Aptis ESOL Advanced
|
B2
|
C1 | C2 |
| FRANSUZ TILI | ||||
| 8. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 9. | Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF) | B2 | ||
| 10. | Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF) | C1 | C2 | |
| 11. | Test de Connaissance du Français (TCF) | B2 | C1 | C2 |
| NEMIS TILI | ||||
| 12. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 13. | Goethe-Zertifikat | B2 | C1 | C2 |
| 14. | Test Deutsch als Fremdsprache
(Test DAF) |
TDN 3
(B2.1), TDN 4 (B2.2 — C1.1) |
TDN 5
(C1.2) |
|
| 15. | Deutsches Sprachdiplom
(DSD I, II) |
DSD II B2 | DSD II C1 | |
| ISPAN TILI | ||||
| 16. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 17. | Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE) | DELE
B2 |
DELE
C1 |
DELE
C2 |
| 18. | Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua Española (SIELE) | B2 | C1 | C2 |
| ITALYAN TILI | ||||
| 19. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| ARAB TILI | ||||
| 20. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 21. | AT Tanal Al Arabi | B2 | C1 | C2 |
| XITOY TILI | ||||
| 22. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 23. | Hanyu Shuiping Kaoshi
(HSK) |
HSK
4 |
HSK
5 |
HSK
6 |
| YAPON TILI | ||||
| 24. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| KOREYS TILI | ||||
| 25. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 26. | Test of Proficiency in Korean
(TOPIK II) |
Level 4
150 — 189 |
Level 5
190 — 229 |
Level 6
230 — 300 |
| TURK TILI | ||||
| 27. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
| 28. | Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) | B2 | C1 | |
| PUSHTU, DARIY, URDU, HINDIY, UYGʻUR, FORS tillari | ||||
| 29. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat | B2 | C1 | |
Asosiy o‘zarishlar shundan iboratki, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim uchun alohida, oliy ta’lim tizimi uchun alohida ro‘yxat belgilandi.
Ro‘ryxatdan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP), TKT (Modul 1-3), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) chiqib ketgan bo‘lsa, International Test of EnglishProficiency iTEP Academic — Plus (B2-C2), Aptis ESOL for Teachers (B2-C1), Aptis ESOL Advanced (B2-C2) setifikatlari qo‘shildi. Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi Cambridge English Qualifications (B2-C2) ga o‘zgartirildi.
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ularning mashg‘ulot olib boruvchi faniga mos bo‘lishi lozim.
Ushbu ro‘yxat faqat oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarga tegishli. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda faoliyat
yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
