Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorga koʻra, xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar tan olinish parametrlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi.
Xususan, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihonni topshirmasdan, masofadan olingan sertifikatlar (Remote, Home Edition va boshqa turdagi sertifikatlar) uchun ustamalar qo‘llanilmaydi hamda ushbu sertifikatla umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limgakirishda va ishga qabul qilishda tan olinmaydi.
Avvalgi tahrirda bu turdagi sertifikatlarga faqat imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmasligi koʻzda tutilgan edi, endi esa ishga qabul qilinish jarayonida ham vakolatli tashkilot vakillarining nazorati ostida topshirilgan sinov natijalariga koʻra berilgan sertifikatlargina inobatga olinadi.
