Winter Korean Culture Camp dasturi yozda Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Ushbu dastur talabalar/yoshlar va koreys tili, koreys madaniyati boʻyicha qisqa muddatli (immersion) dasturni xohlaydigan talabalar uchun moʻljallangan.
Dasturning maqsadi — xorijiy tashrif buyuruvchilarning Janubiy Koreya Respublikasi haqidagi tushunchalarini oshirish va koreys madaniyatini dunyoga tanitish.
Dasturning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi. Kuzgi oromgoh 2026-yil 1-6-fevral kunlari Koreyaning Seul shahrida oʻtkaziladi. Dastur koreys tilini oʻqitishni kundalik mashgʻulotlar va madaniy ekskursiyalar bilan birlashtiradi. Ushbu yozgi oromgoh barcha xalqaro talabalar/yoshlar uchun ochiq.
Oromgoh Seulning mashhur diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish va koreys anʼanalarini boshdan kechirish, mahalliy taomlarni tatib koʻrish (Kimchi, Kimbab, Ramyun va boshqalar), anʼanaviy koreys sanʼatini oʻrganish kabi odatiy madaniy tadbirlarda qatnashishni oʻz ichiga oladi.
Maqbullik shartlari:
– mazkur dasturda qatnashish uchun 17-40 yosh oraligʻida boʻlish kerak;
– barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
– sayohat va madaniyatga qiziqishi lozim;
– ingliz tilini yetarlicha bilish kerak. IELTS talab qilinmaydi;
– aqlan va jismonan sogʻlom boʻlish kerak;
– dasturda toʻliq ishtirok eta olish lozim;
– yangi muhitga tez koʻnikuvchan boʻlish kerak.
Muvofiqlik talablari (eligibility requirements) haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Foydali tomonlari:
– Koreyaning Seul shahrida 6 kun yashash imkoniyati beriladi;
– koreys madaniyatini toʻgʻridan toʻgʻri oʻrganish uchun muhit;
– Seul boʻylab piyoda sayohat qilish imkoniyati;
– mahalliy anʼanalarni oʻrganish orqali mahalliy aholi hayotini his qilish;
– dasturda qatnashganlik uchun sertifikat beriladi.
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Ariza tорshirishning оxirgi muddati: 2025-yil 20-noyabr
1-bosqich natijalari 2025-yil 1-dekabrda eʼlon qilinadi. Intervyu 2025-yil 10-15-dekabrda oʻtkaziladi.
Ushbu kuzgi oromgohda ishtirokchilar 3 yulduzli mehmonxonaga joylashtiriladi. Mehmonxonada yashash sharoiti juda yaxshi va juda toza. Erkaklar va ayollar alohida xonaga joylashtiriladi.
Avvalgi mavsum gʻoliblari haqida ushbu havola orqali oʻqish mumkin.
