Xabaringiz bor, 2025-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagoglarni navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirildi.
Toʻlovlar miqdori:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);
b) pedagog.uzedu.uz – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);
v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).
Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi.
Invoys raqam eskirgan bo’lsa-chi?
Hozirgi vaqtda ko’plab pedagoglar tomonidan Invoys raqamim eskirgan to’lov qila olmayapman degan murojaatlar kelib tushmoqda.
Bunda talabgorlar toʻlovga oʻtishni bosishi bilan yangi invoys olasizmi yoki eskisini ishlatasizmi deb soʻraydi oʻshanda yangi invoys olishni bosishlari kerak bo’ladi.
Toʻlov qanday amalga oshiriladi?
Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi.
Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi.
INVOYS raqami toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)da yozilgan boʻladi. Toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)ni har bir pedagog SHAXSIY KABINETI dan yuklab olishi mumkin.
Shaxsiy kabinet murojaati muvaffaqiyatli yuborilgan pedagoglar uchun ochiladi. Shaxsiy kabinetga ONE ID-tizimi orqali kiriladi.
Ma’lumot uchun, toʻlovlarni Payme, Click, Upay, Paynet – elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.


