Attestatsiya uchun to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati e’lon qilindi

Attestatsiya uchun to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 2025-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish joriy yil 1-oktyabrda to‘xtatilgan.

 

 

Pedagoglarni navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirildi. 

 

 

Toʻlovlar miqdori:

 

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);

 

b) pedagog.uzedu.uz platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);

 

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).

 

 

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi.