Bir stavka, ya’ni yuqori sinflarda 20 soat, boshlang‘ich sinflarda 18 soat dars o‘tgan holda o‘qituvchi 30 mln so‘m atrofida maosh olishi mumkin.
Buning uchun quyidagi ustama va imtiyozlar qo‘llaniladi:
Oliy toifa uchun – 5 143 737 so‘m;
Direktor jamg‘armasidan 40% – 2 057 495 so‘m;
Sertifikat uchun 50% ustama – 2 571 869 so‘m;
Olimpiada g‘olibi uchun 100% – 5 143 737 so‘m;
Ta’lim darajasi past maktab uchun 100% – 5 143 737 so‘m;
Vazir jamg‘armasi sovrindori, MHEM 5,5 baravar – 6 990 500 so‘m;
86 balldan yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, 70% – 3 600 616 so‘m;
Sinf rahbarligi uchun, MHEM 52,8% – 671 088 so‘m;
Daftar tekshirish uchun, MHEM 17,6% – 223 696 so‘m.
Jami ustamalar bilan birga – 31 546 475 so‘m.
Bu imtiyozlar deyarli barcha fan o‘qituvchilari uchun amal qiladi.
