O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakatlari uchun 100 foiz ota-onalar javob beradi - Ta’lim xabarlari
O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakatlari uchun 100 foiz ota-onalar javob beradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 27 iyun kungi 190-son bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

 

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

 

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan.

 

Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры