Boshlang’ich sinflarda o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun kamida 3 yillik pedagogik ish staj talab qilingan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug’i bilan ushbu tartibga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʻlim muassasasi direktorining maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrugʻidagi:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotdi;
b) 2-ilovanining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Ya’ni sodda qilib aytganda, o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilarga sinf rahbarlik berilmaydi, sinf rahbari uchun kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lish talabi bekor bo’lgan.
«Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan» jumlasi 2-ilovanining 3-bandi ikkinchi xatboshisiga to’g’ri keladi, ayrim buni birinchi xatboshi deb noto’g’ri xulosa qilinmoqda. Aslida «Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:» jumlasi 3-band birinchi xatboshisi hisoblanadi.
Demak, yangi tartibga ko’ra sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
– oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan;
– maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatni soatbay (shu jumladan о‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o’qituvchilarning sinfga rahbarilik qilishiga yo’l qo’yilmaydi);
– boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
– о‘quvchilar bilan ishlashjarayonida mas ’uliyat bilan yondasha oladigan;
– boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
