Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan – 20 iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
– tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
– fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
– ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasportmaʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.
Hozirgi kunda yurtimizdagi mavjud ijod maktablari:
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
Ogahiy nomidagi ijod maktabi;
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.