‘‘Eshakda yurganimizda ham qishloqda obro‘miz baland’’ — boysunlik o‘qituvchi

‘‘Eshakda yurganimizda ham qishloqda obro‘miz baland’’ — boysunlik o‘qituvchi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xo’jaidod mahallasi Nazariy qishlog‘ida yashovchi matematika o‘qituvchisi Abdusalom Isoyev eshak minib har kuni darsga boradi.

 

 

Gazeta.uz nashrining yozishicha, o‘qituvchi har kuni eshak minib, tumandagi 44-maktabning qishloqdagi filialiga 6 km yo‘l bosib keladi.

 

 

25 yillik o‘qituvchi Abdusalom Isoyevning bir qator o‘quvchilari matematika olimpiadalarida qatnashmoqda. Uning asosiy maqsadi qishloq bolalari yaxshi o‘qib, olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni olishi va test imtihonlarida qiynalmay, grantda o‘qishidir.

 

“O‘qituvchi eshak minib yurganiga o‘quvchilarimiz umuman kulmaydi. Darsda qanday hurmat qilishsa, eshakda yurganimizda ham hurmatimiz yo‘qolmaydi. Umuman, qishloqda obro‘miz baland”, — deydi muallim.