Xabaringiz bor, vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi. 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo 2-bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentyabr – 3-oktyabr
Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Abituriyentlar “my.uzbmb.uz ” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrgacha e’lon qilinadi.
Muhim eslatma! Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.
Vakant o’rinlar bor bo’lgan oliy ta’lim tashkilotlari va yo’nalishlar ro’yxatini quyidagi fayllar orqali bilib olish mumkin:
Vakant o’rinlar kunduzgi – Faylni yuklash
Vakant o’rinlar kechki –Faylni yuklash
Vakant o’rinlar masofaviy –Faylni yuklash
