Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

24–25-sentabr kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Renessans” bolalar oromgohida Biologiya, Matematika hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib oʻtdi.

 

Musobaqaning birinchi turida biologiyadan – laboratoriya ishi, matematikadan – yozma ish, informatika va axborot texnologiyalaridan esa – dasturlash topshiriqlari boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi.

 

Ikkinchi tur 25-sentabr kuni oʻtkazilib, biologiyadan – yozma ish, matematikadan – maxsus topshiriq, informatika va AT fanidan esa – dasturlash topshiriqlari bajarildi.

 

 

Ikki kunlik bahslardan soʻng gʻoliblar aniqlandi.

 

 

Biologiya fanidan:

 

1-oʻrin – Mirjalol Axmedov (Buxoro shahar, 35-maktab);

 

2-oʻrin – Ilhombek Turgʻinboyev (Fargʻona shahar, IMA 1-son IM);

 

3-oʻrin – Ikromova Mohinabonu (Buxoro shahar, 35-maktab).

 

 

Matematika fanidan:

 

 

1-oʻrin – Abdushukur Axadov (Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, IMA IM);

 

2-oʻrin – Elbek Toshpulatov (Toshkent viloyati, Angren shahar, IMA IM);

 

3-oʻrin – Abbos Muhammedov (Buxoro shahar, IMA PM).

 

 

Informatika va AT fanidan:

 

 

1-oʻrin – Saidjalol Hasanov (Namangan shahar, IMA PM);

 

2-oʻrin – Davron Avlakulov (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, ITMA al-Xorazmiy maktabi);

 

3-oʻrin – Mansurjon Kamolov (Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 9-maktab).