AQSHga xorijlik talabalar oqimi keskin kamaymoqda

AQSHga xorijlik talabalar oqimi keskin kamaymoqda

So‘nggi to‘rt yil ichida AQSHga chet ellik talabalar oqimi eng past darajaga tushdi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bloomberg’ning AQSH Xalqaro savdo ma’muriyati ma’lumotlariga tayangan xabariga ko‘ra, avgust oyida viza bilan kelgan xorijlik talabalar soni o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kamayib, 313 mingdan biroz ko‘proqni tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng katta qisqarish Osiyodan keluvchi talabalar orasida kuzatildi: ularning soni 24 foizga kamayib, 191 ming nafarni tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hindistonlik talabalar oqimi 45 foizga, xitoyliklar esa 12 foizga kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Presidents’ Alliance on Higher Education and Immigration tashkiloti rahbari o‘rinbosari Zuzana Tsepla-Vutsonning ta’kidlashicha, bu jarayon davom etsa, uning salbiy ta’siri nafaqat universitetlar va talabalarga, balki AQSH iqtisodiyotiga ham sezilarli bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xalqaro ta’lim arboblari assotsiatsiyasi prognoziga ko‘ra, kuzda yangi xorijlik talabalar soni 40 foizga qisqarishi mumkin, bu esa universitetlarga taxminan 7 milliard dollarlik zarar keltiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘tgan o‘quv yilida esa chet ellik talabalar mamlakat iqtisodiyotiga 44 milliard dollardan ortiq hissa qo‘shib, 400 mingga yaqin ish o‘rni saqlanib qolishiga yordam bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur pasayish Donald Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish choralari, jumladan, H-1B vizasi uchun 100 ming dollarlik yangi to‘lovni joriy etish tashabbusi bilan ham bir vaqtda yuz bermoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠