Endi o‘zbekistonlik talabalar Hindiston klinikalarida amaliyot o‘taydi

Endi o‘zbekistonlik talabalar Hindiston klinikalarida amaliyot o‘taydi

Hindistonning ERA universiteti bosh direktori Ali Xon rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurib, Andijon davlat tibbiyot institutida (ADTI) bo‘ldi.

 

 

Safar davomida tomonlar tibbiyot ta’limi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqdi. Xususan, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, simulyatsion ta’limni rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

 

Muzokaralar yakunida o‘zbekistonlik talabalar va pedagoglarning Hindiston klinikalarida stajirovka o‘tashiga imkon beruvchi shartnoma imzolandi.

 

 

Shuningdek, hindistonlik mehmonlar institutning klinik bazasi va simulyatsion markazidagi faoliyat bilan tanishib, bu yerda tahsil olayotgan hindistonlik talabalar ta’lim jarayonini ham kuzatdi.

 

 

Delegatsiya Nukus shahriga ham tashrif buyurib, qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi.