Maktablarda 293 344 ta oʻquvchi oʻrni foydalanishga topshirilgan

Maktablarda 293 344 ta oʻquvchi oʻrni foydalanishga topshirilgan

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda respublika bo‘ylab ishga tushirilgan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchi oʻrni 293 344 tani tashkil etgan.

 

 

Shuningdek, ularning qishloq joylardagi oʻquvchi oʻrni 214 087 tani tashkil etgan.

 

 

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsa, eng ko’p o‘quvchi o’rnini Qashqadaryoda 36 758 ta, Fargʻonada 32 472 ta va Samarqand viloyatida 32 390 tani tashkil etgan. Eng kam o’quvchi Jizzaxda 9 858 ta, Navoiyda 7220 ta va Sirdaryo viloyatida esa 7 010 ta ekanligini ko’rish mumkin.

 

Ularning hududlar kesimida quyidagicha:

 

Qashqadaryo viloyati – 36 758 ta

 

Fargʻona viloyati – 32 472 ta

 

Samarqand viloyati – 32 390 ta

 

Surxondaryo viloyati – 30 357 ta

 

Andijon viloyati – 26 376 ta

 

Namangan viloyati – 25 739 ta

 

Toshkent viloyati – 23 628 ta

 

Toshkent shahri – 22 566 ta

 

Xorazm viloyati – 13 263 ta

 

Buxoro viloyati – 12 900 ta

 

Qoraqalpogʻiston Resp. – 12 807 ta

 

Jizzax viloyati – 9 858 ta

 

Navoiy viloyati – 7220 ta

 

Sirdaryo viloyati – 7 010 ta