Maktab o‘quvchilar janjali haqida tarqalgan xabarlarga Toshkent shahar IIBB munosabat berdi

Maktab o‘quvchilar janjali haqida tarqalgan xabarlarga Toshkent shahar IIBB munosabat berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki maktab o‘quvchilari o‘zaro janjallashganligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

 

Joriy yilning 11-sentyabr kuni taxminan soat 22.30 larda Mirobod tumani Qo‘yliq mavzesi 2-uy oldida 2005-yilda tug‘ilgan B.F. o‘zining tanishi 2005 yilda tug‘ilgan J.E. bilan ketayotgan vaqtida o‘ziga notanish bo‘lgan yigitlar bilan o‘zaro og‘zaki tortishib qolgan.

 

Shundan so‘ng  B.F. hamda E.X.lar ulardan biri – voyaga yetmagan 2008-yilda tug‘ilgan Sh.O. bilan o‘zaro urushib ketishgan. So‘ng B.F. voyaga yetmagan Sh.O.ga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan.

Natijada voyaga yetmagan Sh.O. shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.