Toifa olish uchun yuborilgan barcha murojaatlar (shu jumladan, tahrirlanib qaytadan yuborilgan murojaatlar) test sinovlari boshlanguniga qadar — ya’ni, 25-30 kun ichida — ko‘rib chiqiladi. O‘rganish natijalari haqida tegishli xabarlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Murojaat holatini kuzatib borish uchun ariza topshirgan shaxs shaxsiy kabinetiga vaqti-vaqti bilan kirib turishi lozim. Shuningdek, “So‘rovnoma” ni yuklab olib, undagi ma’lumotlarni tekshirishi zarur. Agar ma’lumotlarda xatolik aniqlansa, pedagoglar viloyatlardagi Ishchi guruhlarga murojaat qilishlari kerak.
Shaxsiy kabinetda murojaat holati quyidagi yozuvlardan biri bilan bo‘ladi:
Yangi (yoki yaratilgan shu holatda Siz o‘zingiz aniqlagan noaniqliklarni o‘zgartirishingiz, ma’lumotlarni tahrirlashingiz mumkin)
Jarayonda (Ko‘rib chiqilmoqda ishchi guruh tomonidan o‘rganish boshlangan, bu holatda ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi)
Qabul qilingan (Sizga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan)
Rad qilingan ( tahrirlashga qaytarilgan – bu holatda to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan kamchiliklarni to‘g‘rilab, tezda murojaatingizni qaytadan yuborishinga harakat qilib ko‘ring)
