Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tanlov g‘oliblari 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan.
Shuningdek, malaka sinovlarida yuqori natija qayd etgan o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘zda tutilgan:
–86 ball va undan yuqori natijaga erishganlarga 2 yil davomida 70 foiz ustama to‘lanadi;
—5 yil muddatga malaka toifasi beriladi;
—“Yil o‘qituvchisi” tanlovida qatnashish huquqi taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1-oktabrga qadar qabul qilinadi. Test sinovlari esa shu yilning oktabr–noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatma! Pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida @uztditestbot telegram botga attestatsiya tayyorlanish uchun repetitsion testlar joylashtirilgan. Ushbu botlar orqali attestatsiya uchun tayyorgarlik koʻrish mumkin
