Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro‘yxatga olish yakunlanadi

Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro‘yxatga olish yakunlanadi

Xabaringiz bor, umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e’lon qilingan.

 

Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro’yxatga olishning oxirgi kuni. To’lovlarni esa ertaga, 13-sentyabrgacha amalga oshirish lozim.

 

Test sinovlari 4-5-oktyabr kunlari bo’lib o’tsa, natijalar 3-noyabr kuni e’lon qilinadi.

 

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Talabgorlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.