Baxtiyor Gʻayratovich Yo‘ldashev Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
Bunga qadar u “Yangi Oʻzbekiston” universitetida prorektor edi.
Faoliyatlari:
2013 – 2015 — Sirg‘ali tumani G‘aznachilik bo‘limining bosh inspektori;
2015 – 2016 — Toshkent shahar G‘aznachilik bo‘limining yetakchi mutaxassisi;
2016 – 2017 — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining yetakchi iqtisodchisi;
2018 – 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining bosh iqtisodchisi;
2018 – 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;
2018 – 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya va iqtisodiyot boshqarmasining bosh mutaxassisi;
2020 – 2022 — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yengil sanoatni rivojlantirish boshqarmasining Eksport bo‘limi boshlig‘i;
2022 – 2022 — O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jamg‘arma boshqaruvi boshqarmasi boshlig‘i.
