Toshkent farmatsevtika instituti Zangiotaga ko‘chirilishi mumkin

Toshkent farmatsevtika instituti Zangiotaga ko‘chirilishi mumkin

Toshkent farmatsevtika institutining poytaxt markazida, “Oybek” metro bekati yonida joylashgan hozirgi binosi shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin. Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ilgari surilgan taklifga ko‘ra, institut Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” hududiga joylashtiriladi.

 

Bo‘shagan yer maydonida esa 1 000 o‘rinli avtoturargohni davlat tasarrufiga o‘tkazish sharti bilan zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda.

 

Mazkur tashabbus tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori loyihasiga kiritilgan bo‘lib, loyiha hujjatlari Strategik islohotlar agentligining rasmiy saytida e’lon qilingan.

 

Toshkent farmatsevtika instituti 1937-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda uning asosiy o‘quv binosi poytaxt markazida joylashgan. Institut farmatsevtika sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

 

Institutning yangi joylashuvi sifatida belgilangan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tasarrufida bo‘lib, Zangiota tumanida, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yaqinida faoliyat yuritadi.