Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Bunda kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
— kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti),
— kechki ta’limda – 2 250 ta,
— dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).
