2026-yil 1-yanvardan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi. Shu bilan birga 1-oʻrinni egallagan umumtaʼlim maktabiga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan “Innovatsion texnopark” tashkil etish uchun 1 milliard soʻm ajratiladi.
Shuningdek, tanlovning ryespublika bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻqituvchi va oʻquvchilar 460 mln. soʻmgacha pul mukofotini qoʻlga kiritishlari mumkin.
