3 ta yoʻnalish maqsadlarini mujassamlashtirgan “Kelajak” markazlari tashkil etiladi

3 ta yoʻnalish maqsadlarini mujassamlashtirgan “Kelajak” markazlari tashkil etiladi

Oʻzbekistonda uch yoʻnalish – bogʻcha, maktab va oliygohni qamrab oluvchi yagona gʻoyaviy tarbiya konsepsiyasi amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur tizim orqali tarbiyachilar, oʻquvchilar va talabalar uchun izchil va uzviy gʻoyaviy-tarbiyaviy jarayon shakllantiriladi.

 

Bu borada ishlab chiqilgan metodik materiallar muntazam ravishda “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirilib, raqamli kontent sifatida taqdim etiladi.

 

Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika oʻquvchi yoshlar markazi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida yangi “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.

 

Ularning faoliyatida Prezident va Ijod maktablariga tayyorlov dasturlari, STEM, ilm-fan, xorijiy tillar va shaxmat toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi.

 

Qolaversa, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari” barpo etilishi belgilangan.

Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va koʻnikmalarini zamon talablari darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.