Tadbirkorlarga maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etishda imtiyozli kredit beriladi

Tadbirkorlarga maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etishda imtiyozli kredit beriladi

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman va shaharlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochish uchun bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.

 

Yangi tartibga koʻra, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etishga ruxsat beriladi.

 

Tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Shuningdek, faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari ularga bepul taqdim etiladi.

 

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshlaganidan soʻng, undagi tarbiyachilarning oylik ish haqi xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Mazkur qaror maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish, sifatni oshirish va tadbirkorlarni sohaga faol jalb etishni maqsad qilgan.