Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan.
Nizomning 1-ilovasiga koʻra pedagog oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa unga 10 ball, oʻz vaqtida malaka oshirish kurslariga qatnashmagan boʻlsa ball berilmasligi belgilangan.
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-ilovasiga koʻra pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha oʻqituvchiga maksimal ball beriladi.