700.000 ta o‘qituvchi-pedagoglardan 6.000 tasi 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olmoqda – vazir - Ta’lim xabarlari
700.000 ta o‘qituvchi-pedagoglardan 6.000 tasi 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olmoqda – vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savolga javob berdi.

 

“Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, o‘qituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, bugun 1000 AQSH dollaridan ko‘p oylik oladigan ustozlarimiz bor.

 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 3,4 mln so‘mni tashkil etadi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.

 

Shuningdek, oliy toifali, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlari 10 mln so‘m.

 

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln so‘m, sinovlardan shaffof o‘tgan o‘qituvchilarga bu pul ham to‘lab beriladi, asosiysi, ustozlar soniga chegara qo‘yilmagan.

 

Shuningdek, olis hududga borib ishlaydigan o‘qituvchilarga 3,7 mln so‘mgacha, xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan hamda bugungi kunda o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganligi uchun 4,1 mln so‘mgacha ustama beriladi.

 

Hozirda umumta’lim maktablarining 1000 AQSH dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi o‘qituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi. Yildan yilga oyliklarimiz va o‘z ustida ishlaydigan ustozlarimiz soni ko‘paymoqda.

 

Barcha ustozlarimiz yuqori miqdorda oylik olishlarini xohlayman. Ularning o‘z ustida ishlashi va munosib yutuqlarga erishishi uchun sharoit yaratib berishga bor imkonim bilan yordam berishga harakat qilaman” – dedi vazir.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры