O‘quvchi daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarmi?

O‘quvchi daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarmi?

O‘quvchi daftar tutmaganligi uchun o‘qituvchi emas ota ona javobgarmi?⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Huquqshunos javobi quyidagicha:⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bir qator majburiyatlarga ega.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashi, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, shuningdek, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu majburiyatlardan kelib chiqib, bolaning huquqbuzarlik yoki majburiyatlarni bajarmasligi uchun ota-ona javobgarlikka tortilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli buyrug‘iga muvofiq, o‘qituvchining o‘quvchilarga daftar tuttirish majburiyati belgilangan emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu shuni anglatadiki, daftar tutmagan o‘quvchi uchun o‘qituvchi emas, balki ota-ona javobgar bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar bolaning ta’lim olish jarayonidagi xatolar yoki majburiyatlarni bajarmasligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠