Qonunchilikka koʻra 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
1. Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;
– reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.