Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Sustainable Development Goal; SDG) boʻyicha Jahon yoshlar konvensiyasi 18 yoshdan oshgan barcha millat vakillari: talabalar, izlanuvchilar, olimlar, mutaxassislarni Italiyada oʻtkaziladigan yillik forumga taklif qiladi.
Unda iqlim oʻzgarishi, taʼlimning ahamiyati va yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy tadbirkor sifatida shakllantirish kabi mavzularda maʼruzalar, interaktiv seminarlar, panel muhokamalari va turli tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy mavzulari:
Iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyalari;
Taʼlimning ahamiyati;
Adolatli rivojlanish;
Yoshlar yetakchiligidagi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish;
Barqaror rivojlanish maqsadlari.
Tadbirda 4 xil koʻrinishda qatnashish mumkin:
Toʻliq moliyalashtirilgan holda (50 ta grant ajratilgan);
Oʻz hisobidan ($499 evaziga);
Invitation Letter kategoriyasi ($99);
Convention Access kategoriyasi ($249).
Tadbir kunlari: 18-21 dekabr, 2025 (Italiya, Milan)
Maqbullik shartlari
Taʼlim darajasi, irqi va millatidan qatʼi nazar, 18 yoshdan oshgan shaxslar ariza topshirishlari mumkin;
IELTS va TOEFL kabi til bilish sertifikatlari talab etilmaydi.
Foydali tomonlari
Toʻliq grant (50 nafar):
Italiyaga borish-kelish, turarjoy, dasturda ishtirok etish, ovqatlanish kabi barcha xarajatlar qoplanadi;
Global miqyosda doʻstlar orttirish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash;
Sertifikat.
Qisman grant (100 nafar):
Borish-kelish xarajatlaridan tashqari qolgan barcha xarajatlar qoplanadi.
Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bu yerda.
Qoʻshimcha savollar uchun: info@headwayinstitute.org
