Ertaga, 2-sentyabr barcha maktablarda yangi 2025/2026-oʻquv yili boshlanadi

Ertaga, 2-sentyabr barcha maktablarda yangi 2025/2026-oʻquv yili boshlanadi

Xabaringiz bor, ertaga Respublika boʻylab barcha umumtaʼlim maktablarida yangi – 2025/2026-oʻquv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi.

 

Maktablardagi oʻquv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq oʻquvchiga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” tantanali topshiriladi.