“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi miqdorlari tasdiqlandi.
Davlat bogʻchalari toʻlovi 1-iyundan oʻrtacha 20%ga, yangi yildan esa yana 10%ga qimmatlamoqda. Oxirgi marta bogʻcha puli 3-yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.