Bugun ‘‘Prezident iqtidorli farzandlari’’ milliy dasturiga kirish imtihonining natijalari e‘lon qilinadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Kirish imtihonlari 10-avgust kuni o‘tkazilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 1500 nafar o‘quvchi Milliy dasturga qabul qilinadi.
Ushbu o‘quvchilarga maktab maslahatchilari biriktirilib, dunyoning top-100 oliygohlariga kirishga tayyorlanadi.
